Xozirgi kunda web sayt nega kerak ?



Xozirgi kunda ko'plab ijtimoiy tarmoqlarni rivojlanishi oqibatida. Deyarli hamma yosh auditoriyasidagi odamlar ijtimoiy tarmoqlarga ko'proq vaqtlarini o'tkazishmoqda. Aloxida web saytlarga esa kamroq kirishmoqda. Deyarli barchamiz instagramdan - telegramga, youtuebadan - tik-tokga, so'ngra facebook va boshqalarga suzib yurishni yaxshi ko'ramiz. Zo'r biznes va shaxslarni hamma ijtimoiy tarmoqlarda profillari bor. Ularni tezda izlab topish mumkin va bir-ikta ma'lumotlarni olish mumkin. Lekin muammo shundagi hamma ijtimoiy tarmoqlarda o'zini talab va cheklovlari bor bo'lib, ularni aylanib o'tish mumkin emas. Masalan instagramda 1 minutdan ortiq video qoyolmaysiz, youtubeda muallif xuquqidagi narsalarni reklama qilib sotolmaysiz, musiqalardan foydalanolmaysiz va hakoza. Oddiy web saytlar bilan esa bu muamolarni osongina xal qilish mumkin. Nimani ijtimoiy tarmoqlarda qilishni iloji bo'lmasa yoki noqulay bo'lsa uni aloxida web saytingizga ko'chirishingiz mumkin. Web sayt bo'lishi judayam ko'plab ustun tomonlari bor. Misol uchun:

1. Har qanday shaxs va biznes internet olamida aloxida nomga ega bo'lishi mumkin. (masalan kompaniya.uz, juda orginal va chiroyli ko'rinadi, va xozirda 1 .uz domeni 1 yil uchun ro'yhatdan o'tkazish, atigi 25 ming so'm turadi, bu eng arzon 1 porsiya oshni narxi)

2. Web saytda xohlagan turdagi ma'lumotlaringiz cheklovlarsiz joylashtirishi va uni umrbod saqlashi mumkin. (kompanyangiz kerakli hujjatlarimi, shaxsiy rasm va logolarmi, video, umuman farqi yo'q, hamma narsa siz xohlagan joyda turadi va ulardan xohlagan vaqt foydalanishingiz mumkin. Eng muhimi uni sizdan boshqa hech kim o'chirib yuborolmaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanish qoidalariga amal qilishingiz shart emas. Xozirda 1 gb xosting o'rtacha yiliga 100 ming so'm turadi. Bu bitta sayt uchun yetarli, aslida 50 mb da ham ajoyib web saytlarni joylashtirish mumkin)

3. Tovar va xizmatlarni sotish va to'lovlarni qabul qilish, shartnomalar tuzish. (web saytingiz internet do'konga aylantirishingiz, mijozlar bilan avtomatik shartnoma yuboradigan tizimlarni o'rnatishingiz, va bank va to'loz tizimlarini ulash orqali pullar sanamay olishingiz mumkin. Hech qanday komissiya va boshqalarsiz.

4. Mijoz bilan to'g'ridan to'g'ri aloqa o'rnatish mumkin. (saytdagi chat orqali saytga tashrif buyurganlar bilan suhbatlashish , har bir mehmon ma'lumotlarini olib mijozlar bazasini shakllantirish, ularga reklama va aksiyalar taklif qilish mumkin.

5. Xodimlar uchun ishlarni avtomatizatsiyalash. (oddiy mayda funksiyalar qo'shib xodimlaringizni ishi nechi borabar oson qilish va crm va boshqa tizimlarga yo'l ochish mumkin) 

6. Boshqa har qanday kreativ narsalar va rivojlanish. 


Shunday ekan xoziroq bizga biznesingiz va o'zingiz uchun web sayt buyurtma bering va internet olamiga kirib borin.